TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida istiqomat ayol oʻz uyida qizlariga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Oʻzbekiston IIV xabariga koʻra, ayol oʻz qizlarining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan, soʻngra pichoq yordamida oʻz joniga suʼiqasd qilishga harakat qilgan.
Oqibatda 2011 yilda va 2017 yilda tugʻilgan qizaloqlar hodisa joyida hayotdan koʻz yumishgan, ayolning oʻzi esa kasalxonaga yetkazilgan.
Ilgariroq, xuddi shunga oʻxshash hodisa Andijon viloyatida yuz bergan edi. U yerda ayol yetti yashar qizi va uch yashar oʻgʻli bilan oʻzini suvga tashlagan. Ikkala bola ham halok boʻlgan, onani esa yoʻlovchilar suvdan chiqarib olganlar.