Imtihonlardan o‘ta olmagan hakamlar Superliga va Pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi

© Jean Christophe VERHAEGEN / AFPFutbolniy sudya
Futbolniy sudya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3-4 iyul kunlari imtihon topshirgan 34 inspektordan 10 nafari nazariy imtihondan o‘ta olmadi.

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Superliga hamda Pro-liga uchrashuvlarini boshqarayotgan bosh hakamlar, ularning yordamchilari jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha test-sinovlari hamda nazariy bilimlar bo‘yicha topshirgan imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Komissar FIFA i AFK Olim Arifov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik mutaxassis JChda komissar sifatida ishlagan ilk Markaziy osiyolik bo‘ldi

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasining xabar berishicha, sinovlar natijalariga ko‘ra, 25-iyundan 30-iyungacha 40 nafar hakamlar va yordamchilaridan imtihon olinib, 3 nafar bosh hakam va 2 nafar yordamchi hakam fitnes test topshira olmagan bo‘lsa, 2 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan o‘ta olmadi.

3-4 iyul kunlari imtihon topshirgan 34 inspektordan 10 nafari nazariy imtihondan o‘ta olmadi. 4-6 iyul kunlaridagi imtihonlarda 37 nafar hakam ishtirok etib, 1 nafar bosh hakam fitnes testdan, 4 nafar yordamchi hakam nazariy imtihondan o‘ta olishmadi.

Imtihonlardan o‘ta olmagan hakamlar Superliga hamda Pro-liga o‘yinlaridan chetlashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0