Chegara zonasi va rejimining yangi tartibi belgilandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBelorussko-ukrainskaya granitsa
Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.

TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Hukumatning 2018-yil 5-iyuldagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Hujjatga muvofiq, chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.

Tartibga ko‘ra, chegara zonasida doimiy yashaydigan O‘zbekiston fuqarolarining pasportlariga ichki ishlar organlari tegishli maxsus shtamp qo‘yadi. Bunday fuqarolar chegara zonasi doirasida ro‘yxatga olish kartochkasini olmasdan, yashash joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanishi mumkin.

Flagi Turkmenistana i Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegarani demarkatsiya qilish masalasini muhokama qildi

Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va bu yerga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan tashqari chegara zonasida bo‘lish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida ro‘yxatga olish kartochkasi ham bo‘lishi shart.

O‘qishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, o‘rta-maxsus va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda talabalaridan ularning ta’lim muassasalarida o‘qishini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lishi lozim.

Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarning ro‘yxatga olish kartochkalariga kiritiladi.

Chegara zonasiga dehqonchilik, chorvachilik, qurilish, qidiruv va boshqa ishlarni bajarish uchun kelgan bir guruh fuqarolar, shuningdek, sayyohlar, artistlar brigadasi va chegara zonasida yashamaydigan boshqa fuqarolar jamoasi uchun ro‘yxatga olish kartochkalari guruh rahbarining nomiga u bilan kelganlar soni ko‘rsatilgan holda beriladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdi

Ro‘yxatga olish kartochkalari faqatgina bitta tuman hududida amal qiladi.

Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga ro‘yxatga olish kartochkalari bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

Ro‘yxatga olish kartochkalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan besh kun avval murojaat qilishlari shart.

Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sog‘lomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yo‘llanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha chegara zonasida harakatlanishi mumkin.

Chegara zonasi orqali chet elga chiqmoqchi bo‘lgan yoki mamlakat hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar davlat chegarasidan o‘tish huquqini beradigan tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.

Chegara zonasida bo‘ladigan shaxslar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasi va chegara mintaqasida bo‘lish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishi, mas’ul organlar vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasi va chegara mintaqasida nima uchun yurganini tushuntirishi lozim.

Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul kilish man etiladi.

Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Bishkek chegaradagi bahsli vaziyatlar yechimi borasida kelishib olishdi

Chegara zonasida faqatgina ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan kelishilgan holda tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan yo‘llanma va ruxsatnoma bo‘yicha ov qilish mumkin.

Chegara mintaqasida sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qo‘ynida dam olish yoki biron-bir zaruratsiz bo‘lish mumkin emas.

Joylarni va obyektlarni kinofoto suratga olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.

Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh qo‘shni hududlarda barqaror epizotik vaziyat bo‘lganda, chegara mintaqasida chorva mollarini maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqish mumkin. Chorvadorlar Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tomonidan belgilangan talablarni so‘zsiz bajarishga majbur.

O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chegara mintaqasiga Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining ruxsatnomasi bilan kirishi va bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0