O‘zbekiston delegatsiyasi Erdo‘g‘onning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i Tursii V. Putina i R. Erdogana v Sankt-Peterburge
Vstrecha prezidentov Rossii i Tursii V. Putina i R. Erdogana v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inauguratsiya marosimi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Turkiya prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Inauguratsiya marosimi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kundan Turkiya parlament boshqaruvidan prezident boshqaruvi tizimiga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezident va parlament saylovlarida Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0