Tanzila Norboyeva "nopok oper"dan jabrlangan ayolga psixolog yolladi

© Mejdunarodniy press-klubTanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan
Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari kattaqo‘rg‘onlik ayolning oilaviy sharoiti bilan yana bir bor tanishib chiqdi

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. 8-iyul kuni IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan uchrashish uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva Samarqandga tashrif buyurdi,deb xabar qildi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Psixolog yollandi

Ayolning ruhiy holati o‘rganildi va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra unga lozim paytda ko‘mak berish uchun psixolog Shahnoza Mamayusupova biriktirildi.

"20 yillik tajribamda bunaqasini ko‘rmaganman" - IIBB xodimi "tezkor vakil" haqida

Advokat yollandi

T.N. misolida yana bir bor guvoh bo‘ldik, inson hayoti davomida o‘zi istagan va istamagan paytlarda huquqiy himoyaga muhtoj bo‘ladi. Advokat Azamat Ashurboyev T.N.ga lozim paytda maslahat berishga mas’ul etib biriktirildi va u tergov-surishtiruv jarayonida huquqiy yordam beradi.

Hamshira yollandi

Bundan tashqari, patronaj hamshira Nilufar Hayitova, Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis Inobat Ergashevalar uning holidan muntazam ravishda murabbiy sifatida xabar olib turadi.

Savdo do‘koni ochib berildi

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Norboyevadan keyin Samarqand viloyati xotin-qizlar raisi ham "oper voqeasi"ni qoraladi
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasining taklifini inobatga olib, ayolga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida "Har bir oila — tadbirkor" dasturi asosida maktab o‘quv qurollari va kansellyariya mahsulotlari bilan savdo qilish uchun kichik savdo do‘koni tashkil qilib beradigan bo‘ldi.

Farzandlari sportga jalb etildi

Farzandlari hududda faoliyat ko‘rsatayotgan sportning karate to‘garagiga jalb etildi.

Uy-joyi ta’mirlandi

Hududdagi tadbirkorlar va mahalla faollarining tashabbusi bilan ayolning uy-joyi ta’mirlanmoqda.

Mazkur oilada mehmon bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva N.T.ga shunday dedi:

"Singlim N.T. Siz bir vaqtlar adashib jinoyatga qo‘l urganingiz bir umr jinoyatchi bo‘lib qoldingiz degani emas. Bundan aslo o‘ksinmasligingiz kerak. Mahalla, xotin qizlar qo‘mitasi sizga hayotingizni izga tushirib olishingizda albatta yordam qo‘lini cho‘zadi. Buning uchun barchamiz mas’ulmiz".

Yangiliklar lentasi
0