Farg‘onada parashutdan sakrash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

© Ministerstvo oboroni RUzV Fergane proshel konkurs po prijkam iz parashuta
V Fergane proshel konkurs po prijkam iz parashuta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch kun davom etgan musobaqada aniqlikka parashut bilan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin kichik serjant Muzaffar Qahhorovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Mixail Lenchenko, 3-o‘rinni katta serjant Altinboy Klishov egalladi

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Farg‘onada Sharqiy harbiy okrug dala o‘quv maydonida parashutdan sakrash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 3 ming metr balandikdan sakrashdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sakrashlar Mi-8 harbiy vertolotidan salkam 3 ming metr balandlikdan amalga oshirildi.

© Ministerstvo oboroni RUzPrijki s parashuta v Fergane
Prijki s parashuta v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Prijki s parashuta v Fergane

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda ham bo‘lib, havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajorlar o‘rnatish, "Vatanparvar" tashkilotlari qoshida parashutchilar to‘garaklari ochish bo‘yicha muhim topshiriqlar bergan edi.

© Ministerstvo oboroni RUzPrijki s parashuta v Fergane
Prijki s parashuta v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Prijki s parashuta v Fergane

"Ushbu musobaqadan umidimiz katta. Asosiy maqsadimiz Qurolli Kuchlarimizda parashut sportini ommalashtirish, professional parashutchilarni yetishtirish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasida havo-desant bo‘linmalarida xizmat qilishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirishdan iborat", — deydi harbiy okrug havo-desant xizmati boshlig‘i podpolkovnik Mardonbek Eshanov.

Uch kun davom etgan musobaqada aniqlikka parashut bilan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin kichik serjant Muzaffar Qahhorovga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Mixail Lenchenko, 3-o‘rinni katta serjant Altinboy Klishov egalladi.

© Ministerstvo oboroni RUzPrijki s parashuta v Fergane
Prijki s parashuta v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Prijki s parashuta v Fergane

Jamoaviy tarkibda parashut bilan aniqlikka sakrash yo‘nalishida 1-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi parashut sporti federatsiyasi "Aerosport" jamoasiga, 2-o‘rin Toshkent harbiy okrugi "Lochin" jamoasiga, 3-o‘rin esa Mudofaa vazirligi markaziy apparatining "Mergan" jamoasiga nasib etdi.

Musobaqada jamoalarni tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi murabbiy nomiga O‘zbekiston Respublikasi parashut sporti federatsiyasi mutaxassisi Aleksey Borshuk sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi desantchilari joriy yilning iyun oyida Tuyabo‘g‘iz suv omborida parashutdan suvga sakrash amaliyotini bajargan edi.

Yangiliklar lentasi
0