Xalq ta’limi vaziri Samarqanddagi maktablar muammosini hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Obuna bo‘lish
Vazir Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va eng muammoli masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish vazifasini topshirdi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Samarqand viloyatida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sherzod Shermatov prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan 4-iyul kuni Samarqand viloyatidagi ta’limni takomillashtirish bo‘yicha joriy holatni o‘rgandi va viloyatdagi maktab ta’limi bo‘yicha tizimli kamchiliklardan tashvishga tushdi. 

© Press-slujba Ministerstva narodnogo obrazovaniyaShkola v Samarkandskoy oblasti
Xalq ta’limi vaziri Samarqanddagi maktablar muammosini hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi - Sputnik O‘zbekiston
Shkola v Samarkandskoy oblasti

"Shuningdek, bir qator maktablar achinarli ahvolda ekanligi, 35-45 yillar davomida kapital ta’mirlanmagani, joriy ta’mir uchun ham mablag‘lar cheklangan miqdorda bir necha yil avval ajratilgani ma’lum bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, 18 ta maktab to‘liq rekonstruksiyaga, 349 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj, 336 ta maktabda jismoniy tarbiya  darslarini o‘tish va o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullantirish uchun sport zallari mavjud emas, 629 ta maktab hududining atrofi o‘ralmagan, natijada o‘quvchi-yoshlar xavfsizligi yetarlicha ta’minlanmagan. 474 ta maktabda ta’lim oluvchilar soni maktab sig‘imidan 50 % ga ortiq, buning natijasida o‘quv jarayoni ikki navbatda o‘tkazilayotgani ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xalq ta’limi vaziri o‘qituvchilarga sabrlari uchun, barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

U Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va eng muammoli masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish vazifasini topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0