Pompeo Putin va Tramp o‘rtasida muhokama qilinadigan eng muhim masalalarni ma’lum qildi

© Sputnik / Mixail KlimentyevPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida Finlyandiya poytaxtida 16-iyul kuni uchrashuv o‘tkaziladi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvda birinchi navbatda nima haqda gapirishlari haqida ma’lum qildi.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo: AQSh harbiylari Afg‘onistonni yaqin o‘rtada tark etmaydi

"Xelsinki sammitida Tramp va Putin muzokaralaridagi birinchi masala Suriya va Ukrainadagi vaziyat bo‘ladi", — dedi u.

Rossiya va AQSh yetakchilari Finlyandiya poytaxtida 16-iyul kuni uchrashishadi. Kreml ma’lum qilishicha, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarining kelajakdagi istiqbollari va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Bu Putin va Tramp o‘rtasida hech qanday sammitga bog‘liq bo‘lmagan birinchi uchrashuv bo‘ladi.

Suriya muammosi

Pompeo Sky News Arabia bergan intervyusida, AQSh "rossiyaliklar, suriyaliklar va eronliklarni tomonidan erishilgan siyosiy kelishuvlarga amal qilishini istashmoqda" — dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning maqsadida Suriyaning yangi konstitutsiyasi va mojaroni siyosiy hal qilish qarorini ishlab chiqishdir. Shuningdek Pompeo, Eron va unga tarofdor bo‘lgan harbiylar mamlakatni tark etishi zarur. Chunki ular uchun mamlakatda qolishga hech qanday sabab yo‘q.

Bundan tashqari, bosh kotib Suriyada janubiy zonasi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzilishida Rossiyani ayblamoqda. Ushbu kelishuvga bir yil oldin Rossiya, AQSh va Iordaniya kelishgan. Suriya prezidenti Asad ushbu hududlarni qurolli yo‘l bilan ozod qilinishini inkor etilmasligi haqida bir necha marotaba ogohlantirgandi.

Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp uchrashuv joyi va sanasi ma’lum bo‘ldi

So‘nggi bir necha oyda Arab respublikasining janubida vaziyat keskinlashib ketdi. Hukumat harbiylari "Xezbolla" harakati va Eron tarafdor harbiylari yordamida "Djebxat an-Nusra" jangarilaridan hududlar ozod qilinmoqda. "Djebxat an-Nusra" harakati o‘z navbatida tinchlik muzokaralarni buzib, aholini qurqitmoqda. Har kuni Deraa va Suveyda aholi yashash joylari o‘qqa tutilmoqda.

Moskva bir necha marta Suriya janubidagi vaziyatga e’tibor qaratgandi: odamlarga suv, oziq-ovqat va dorilar yetishmayapti.

Ukraina muammosi

Ukraina janubiy-sharqiy qismida to‘rtinchi yil to‘qnashuvlar davom etmoqda. Kiyev DNR va LNR ga qarshi harbiy operatsiya olib bormoqda. BMT so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu to‘qnashuvlar oqibatida 10 mingdan ortiq odam jabrlangan.

Mintaqada vaziyatni hal qilish masalasi Minskda muhokama qilingan. U yerda mojaroni hal qilish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda. Biroq to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan keyin ham tomonlar o‘rtasida otishmalar davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0