Makron rafiqasi bilan chempionat final o‘yinini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi

© Michel Euler / POOL / AFPPrezident Fransii Emmanuel Makron i yego jena Brijitt Makron
Prezident Fransii Emmanuel Makron i yego jena Brijitt Makron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya jamoasi seshanba kuni Belgiya jamoasini 1-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron futbol bo‘yicha chempionatning final o‘yini tomosha qilish uchun Moskvaga keladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Final o‘yini 15-iyul soat 18-00 da boshlanadi. Fransiyaliklarga qarshi Angliya — Xorvatiya bahsida g‘alaba qozongan jamoa maydonga chiqadi.

Kuni kecha Fransiya terma jamoasi Sankt-Peterburgda Belgiya jamoasini 1-0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Fransiya jamoasi tarixda uchinchi marta jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi.

Ular 1998-yilda jahon chempioni bo‘lishgan, 2006-yilda esa Italiya jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi.

Fransiya jamoasi 14 ta jahon chempionatlarida ishtirok etgan, u FIFA reytingida 9-chi o‘rinda.

Rossiyada ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionati 14-iyun — 15-iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Uyinlar 11 ta shaharning 12 ta stadionida bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0