Iqtisod

Oldin Oʻzbekistonga hech kim kirolmas edi, endi esa bizga samolyotlar kerak - Ramatov

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSamolet aviakompanii Utair
Samolet aviakompanii Utair - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilmoqda, shuningdek yangi aeroportlarni qurish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olgan

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekiston Havo yoʻllari juda katta ishlarni amalga oshirmoqda, lekin odamlardan kelib tushayotgan talablarga kompaniya samolyotlari kamlik qilmoqda, deb taʼkidladi jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov.

Novoye zdaniye aeroporta v g.Nukus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nukus aeroporti yoʻlovchi terminali rekonstruktsiya qilindi
"Bugungi kunda chiroyli terminallar xalqimiz, kelayotgan mehmonlarga juda ham kerak, lekin ularni toʻliq ravishda ishlatish kerak. Agar bu terminal ("Nukus" aeroportini nazarda tutmoqda, tahr.) bugungi kunda bir soatda 400 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan boʻlsa, kuniga 200 nafar yoʻlovchi undan foydalanadi. Bu ular kuniga 5 % ishlaydi degani, qolgan 95%i toʻxtab turadi. Shuning uchun nima kerak — samolyotlar kerak", — dedi siyosatchi va yaqinda Oʻzbekiston rahbari farmoni bilan 105ta davlatga vizasiz tartib joriy etilgani va endilikda turistlar oqimi yanada oshishi kutilayotganini taʼkidladi.

Ramatov bugungi kunda Oʻzbekiston Havo yoʻllari juda katta ishlarni amalga oshirayotganini, shunday boʻlsa-da, kompaniya samolyotlari odamlardan kelib tushayotgan talablarga kamlik qilayotganini aytdi.

"Shuning uchun xorij davlatlardan uchadigan samolyotlar masalasini hal qilishimiz kerak, "Nukus"da har yarim soatda samolyotlar uchib turishi kerak, negaki bugungi kunda aviatsiya eng tez olib boradigan va xavfsiz transport turiga kiradi. Toʻgʻri poyezdlar koʻpaymoqda, lekin ular sekin yuradi, poyezd okeanning narigi tomoniga yoki Yevropaga tez oborolmaydi. Shuning uchun samolyot bugungi kundagi asosiy masalamizdir", — dedi Ramatov.

"Nukus" xalqaro aeroportining ochilish marosimida soʻzlagan nutqida Ramatov Oʻzbekistonda yaqin kelajakda bir nechta aviakompaniyalar ochilishi kutilayotgani, shuningdek, yangi aeroportlarni qurish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olganligi haqida aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala