Dunyoda

Rossiyada futbol oʻyini tufayli Belgiya rahbariyati Trampni kutib olmadi

© Sputnik / Aleksey Agarыshev / Fotobankka oʻtishPrezident SSHA Donald Tramp.
Prezident SSHA Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel seshanba kuni jamoa hujumchisi Eden Azar istiqomat qilayotgan Bren-le-Kont shahriga ketgan.

TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Trampni Bryusselga uchib kelganda Belgiya tomonidan TIV protokol xizmati rahbari Fransuaza Gyusten kutib oldi. Chunki Belgiya bosh vaziri, qirol va TIV rahbari shu vaqtda poytaxtda boʻlmagan.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo Putin va Tramp oʻrtasida muhokama qilinadigan eng muhim masalalarni maʼlum qildi

La Libre nashri aniqlik kiritishicha, Trampni AQShning Belgiyadagi elchisi Ronald Gidvitts, NATOdagi AQSH vakili Key Beyli Xatchinson va Yevropa ittifoqidagi vakil Gordon Sondland kutib olishdi.

Le Soir nashri xabariga koʻra, prezident samolyoti xalqaro aeroportda emas, balki uning yaqinida joylashgan harbiy aerodromda qoʻndi.

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel seshanba kuni futbol terma jamoa xujumchisi Eden Azar istiqomat qilayotgan Bren-le-Kont shahriga ketgan. Qirol Filipp va TIV rahbari Didye Reyndes Sankt-Peterburgda boʻlishgan.

Bundan avval Belgiya bosh vaziri, Trampdan mudofaa harajatlarini oshirish toʻgʻrisida olgan xatidan "juda ham xursand" ekanligini jurnalistlarga maʼlum qilgan.

Belgiya mudofaa vazirligi havo harbiy kuchlarini yangi avlod qiruvchi-bombardimon samolyotlari bilan taʼminlash boʻyicha tender oʻtkazishmoqda.

Bu yerda gap 1980 yillar boshidan Belgiya havo kuchlarida F-16 qiruvchi samolyotlar parkini almashtirish haqida ketmoqda. AQSH Lockheed Martin kontserni F-35 qiruvchi samolyotlarni taklif qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Bryusselda ikki kunlik NATO sammiti boshlanmoqda. Unda mudofaa harajatlari, Atlantika va Yevropa mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala