Jamiyat

Oʻzbekiston va Belorussiya IIVlari hamkorlik rejasini imzoladi

Bugunga kelib Oʻzbekiston IIV Belorussiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston IIVlari bilan Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etgan.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining 2018-2019 yillarda oʻzaro hamkorliklari toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga koʻra, Toshkentda Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov va bir qator vazirlik boshqarmalarining boshliqlari hamda Belorussiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari general-mayor Ivan Podgurskiy boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Glavы MVD Uzbekistana i Tadjikistana - Pulat Bobojonov i Ramazon Raximzoda - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Raximzoda Toshkentga keldi

Yigʻilishda ishtirokchilar ikki mamlakat Ichki  ishlar vazirliklari hamkorligida umumjinoyat hatti-harakatlariga qarshi kurashish va qidiruv ishlarini olib borish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida tomonlarning oʻzaro maʼlumot almashish boʻyicha faoliyatning bugungi holati va kelajakdagi rivoji  hamda  narko xavf-xatarlarni  bartaraf etish borasidagi masalalarni qizgʻin muhokama qildilar.

“Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh rahbarlari tomonidan 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston va Belorussiya Respublikalari Ichki ishlar vazirliklarining oʻzaro hamkorliklari toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Bugunga kelib Oʻzbekiston IIV Belorussiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston IIVlari bilan Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etgan. Bundan tashqari, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston va istiqbolda Afgʻoniston, Pokiston, Turkiya bilan ana shunday guruhlar tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala