Norov: dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatchining aytishicha, Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini va qo‘llab quvvatlanganini bildiradi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Joriy yilning 22-iyunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan birinchi marta qabul qilingan maxsus "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasi bu shubhasiz, Markaziy Osiyo uchun tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi", deb ta’kidladi SMTI direktori Vladimir Norov. 

Flagi stran-chlenov OON - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi BMT rezolyutsiyasiga aylandi
Siyosatchining aytishicha, ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini va qo‘llab quvvatlanganini bildiradi.

Ushbu tarixiy hujjatning loyihasi O‘zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, 55ta davlat mazkur rexolyutsiyaning hammualliflari bo‘lishdi.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2017-yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Norovning fikricha, mintaqa davlatlarining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘plab savollarning yechimi bevosita Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar darajasi va mintaqaviy hamkorlik samaradorligiga bog‘liq.

"Shu maqsadda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish uchun qat’iy va aniq qadamlarni qo‘ymoqda. O‘zbekistonning mintaqa bo‘yicha yangi siyosati bu yerda mavjud va yig‘ilib qolgan masalalarni yechishda o‘z vaqtida va samarali javob bo‘ldi. Bunda mintaqaviy yaqinlik, ishonch va o‘zaro tushunish, muammoli masalalar oqilona kelishuvlar asosida hal etish muhim rol o‘ynamoqda", — dedi siyosatchi.

Molodejniy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo yoshlar Kengashi tuzilmoqda

Norovga ko‘ra, bugungi kunda Markaziy Osiyoda ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama barqaror va samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.

Yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni hamkorlikda yanada rivojlantirish, agrosanoat sektori va turizm sohasini takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga yirik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun ulkan salohiyat mavjud.

"Albatta, barchamiz yo‘lning boshida turganimizni anglab yetmoqdamiz, Markaziy Osiyoning xavfsizligi va umumiy farovonligini ta’minlashda oldinda birgalikda katta ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Bu borada "erishilgan marralarda to‘xtab qolmaslik", hamkorlikda oldinga harakat ilish muhimdir", — dedi Norov.

Siyosatchining fikricha, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni ochiqlik, inklyuziv, o‘zaro manfaatli va ishonch ruhida rivojlantirish kerak.

Xususan, transport-kommunikatsiya sohasida o‘zaro bog‘liqlikning yangi nuqtalarini izlashga qaratish, mamlakatlarni rivojlantirish strategiyalarining o‘zaro "kesishish"i uchun harakat qilish masalalariga e’tibor qaratish lozim.

"Fikrimizcha, ushbu yo‘nalishda, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rta va uzoq istiqbol uchun mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash sohasida aniq maqsad va vazifalarni, shuningdek, ularga erishish yo‘llarini o‘z ichiga olgan umumiy strategik ahamiyatga ega konsepsiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir", — dedi diplomat va "Markaziy Osiyo mintaqasining gullab-yashnashi Yevroosiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik mustahkam o‘rnatilishida katta ahamiyatga egaligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0