Bir kunda ikkinchi holat: Toshkentda ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdi

© Press-slujba GUVD TashkentaV Mirabadskom rayone gorel naves nad salonom krasoti
V Mirabadskom rayone gorel naves nad salonom krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish mashinasi qisqa fursatda yetib bordi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9-qavatli uyning 1-qavatida go‘zallik salonida yong‘in yuz berdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishcha, bugun soat 14.50da Mirobod tumani Oybek ko‘chasida joylashgan 9-qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida yong‘in yuz bergani haqida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish mashinasi qisqa fursatda yetib bordi.

© Press-slujba GUVDVtoroy za den pojar vspixnul v Tashkente
Vtoroy za den pojar vspixnul v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Vtoroy za den pojar vspixnul v Tashkente

Ma’lum bo‘lishicha, "Bell clio" salonini soyabonida yong‘in kelib chiqqan bo‘lgan. Tezkor harakatlar natijasida soat 15.08 alanga jilovlanib, soat 15.09da butunlay bartaraf etildi.

Alanga oqibatida uyning 2-7 qavatlaridagi deraza romlari zarar ko‘rgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘inning avj olib ketish xavfi oldi olindi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0