Hodisalar

Toshkentdagi supermarketda yirik yongʻin yuz berdi

© GUVD g. TashkentaPojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Pojar v zdanii supermarketa Kristall v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketi sodir boʻlgan yongʻin sabablari oʻrganilmoqda.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Bugun, 12 iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Cristal supermarketida yirik yongʻin yuz berdi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

"Bugun, 12 iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toshkent shahar IIBB YOXBga Yunusobod tumani Yunus ota koʻchasida joylashgan "Kristall" supermarketining 4-qavatida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushdi. Maʼlumotga koʻra, binoning faqat 1-qavati ishlayotgan boʻlgan.

© GUVD g. TashkentaPojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Pojar v zdanii supermarketa Kristall v Yunusabadskom rayone Tashkenta  - Sputnik Oʻzbekiston
Pojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta

Voqea joyiga 5 daqiqada birinchi yordamchi kuchlar yetib keldi, jami boʻlib 6 ta jangovar maxsus oʻt oʻchirish mashinasi va ikkita yongʻin narvonlaridan foydalanildi. Soat 14:11da yongʻin jilovlandi va soat 14:18da butunlay bartaraf etildi. Yongʻin xavfsizligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida olov binoning boshqa qavatlariga tarqalmadi va hech kim jarohatlanmadi. Yongʻin sabablari oʻrganilmoqda", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala