Iqtisod

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari 463,1 million dollarga kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Fotobankka oʻtishProizvodstvo zolota
Proizvodstvo zolota - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritadi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Markaziy bank 2018 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, 2018 yil 1 iyul holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 27 660,5 million AQSH dollari (2018 yil 1 iyun holatiga 28 123,6 million AQSH dollari, oʻtgan oyga nisbatan 463,1 million AQSH dollariga kamaygan), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 13 818,3 million AQSH dollari, monetar oltin — 14 118,9 million AQSH dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari — 26 648,9 million AQSH dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 iyun holatiga 27 025,0 million AQSH dollari).

Eslatib oʻtamiz, oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlarini, yaʼni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala