Jamiyat

Oʻzbekistonda deputatlar kontrakt toʻlovini pasaytirish boʻyicha takliflar bildishdi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Stipendiya umuman toʻlanmaydigan boʻlsa, toʻlov-kontrakt miqdori 1,5—2 million soʻmdan ortmagan boʻlar edi – deyilgan deputatlar bayonotida.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherbayev oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi miqdorini pasaytirish boʻyicha takliflar bilan chiqish qildi.

Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt miqdori eʼlon qilindi

Bu takliflar Rasul Kusherboyevning Facebookdagi sahifasida eʼlon qilindi.

"Umuman aytganda, toʻlov-kontrakt miqdorlarining hozir eʼlon qilinganidan ham koʻra ancha yuqori foizlarga orttirilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni ilgariroq eshitgandik. Shuning uchun, oʻquvchilar judayam qizgʻin kutib olgan, internet saytlari hamda gazetalarda eʼlon qilingan toʻlov kontrakt miqdorlarini kamaytirish haqidagi takliflar yuqori tashkilotlarga yuborilgan edi. Biroq, ming afsuski, ushbu takliflarga tegishli mutasaddilar tomonidan hozirgacha hech qanday munosabat yoki javob berilgani yoʻq", — deyilgan deputatlar bayonotida.

Ularning fikriga koʻra, bildirilayotgan bu taklif toʻlov kontrakt miqdorining hozirgi oshirilgan sharoitida ham talaba va ularning ota-onalari uchun anchagina qulayliklar yaratar edi.

"Taklifga koʻra, jami 69 200 nafar bakalavrning eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan birinchi 12 foizi yoki 8304 nafari toʻliq davlat byudjeti asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 45 foizli toʻlov-kontrakt asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 60 foizli toʻlov-kontrakt asosida, keyingi 12 foizi yoki yana 8304 nafari 85 foizli toʻlov kontrakt asosida, qolgan 52 foizi yoki 35 984 nafari esa toʻliq (100 foizli) toʻlov-konrakt asosida taʼlim oladi. Natijada 10 mingga yaqin talabaga kontrakt toʻlovini toʻlashda ikki barobargacha yengillik yaratiladi, qoʻlga kiritilgan ballga nisbatan ragʻbatlantirish kuchayadi va kontrakt toʻlovchi talabalar soni 215 nafarga koʻpayadi (taxminan 1,8 milliard soʻm qoʻshimcha tushum)", — deyilgan bayonotda.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻquvchining terisini shilib olish shartmi?

Deputatlar soʻzlariga koʻra, shu orqali ortiqcha tushgan mablagʻ evaziga ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yordam tashkil etish ham mumkin boʻladi.

Keyingi taklif stipendiyalar bilan bogʻliq. Hozirgi tartib boʻyicha talaba toʻlov-kontrakt miqdorini hali toʻliq toʻlamagan boʻlsa, u bir necha oylar davomida stipendiya ham olmay yuradi. Bunday tartibning mavjudligi talabaga stipendiya uning ijtimoiy himoyasi uchun berilayotganini daʼvo qiluvchilarning soʻzlariga mutlaqo mos kelmaydi. Shuning uchun, deputatlar bunday taklif beryapti: talaba hohishiga koʻra taʼtil oylaridagi toʻliq stipendiyasi hisobidan, qolgan oylardagi stipendiyaning eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiqcha qismi hisobidan toʻlov-kontrakt miqdoridan chegirib tashlansin. Buning natijasida, talabaning oʻqish davridagi ijtimoiy himoyasi eng kam oylik ish haqi miqdori hisobidan taʼminlangani holda, bir oʻquv yili boʻyicha 1,7 million soʻmdan 5,3 million soʻmgacha kamroq kontrakt puli toʻlashi mumkin boʻladi.

"Bunda davlat byudjetiga hech qanday zarar keltirilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, talaba bermaydi ham, olmaydi ham", — deydi deputatlar.

Xalq vakillarining hisob-kitoblariga koʻra, agar Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalaridagi stipendiyalardan toʻliq voz kechilsa, toʻlov-kontrakt miqdori 1,5-2 million soʻmdan ortmagan boʻlardi.

Deputatlar fikriga koʻra, har yili toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlarning 90-95%i oʻqishni davom ettiradilar hamda bir oʻquv yili davomida 0,5% gacha talabalar toʻlov-kontrakt mablagʻini toʻlay olmaganligi uchun talabalar safidan chetlashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala