Toshkentda uysizlarning pasport bilan bog‘liq muammolari hal etildi

© Press-slujba GUVDPasporta vruchili v Sentre reabilitatsii Tashkenta
Pasporta vruchili v Sentre reabilitatsii Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar  reabilitatsiya markaziga muayan yashash joyi va pasportiga ega bo‘lmagan shaxslar olib kelinib, ularga tegishli yordam ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida 55 nafar kishiga biometrik pasport topshirildi, deb xabar berdi Toshkent ShIIBB matbuot xizmati.

Tantanali ravishda tashkil etilgan marosimda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i - polkovnik Badriddin Shorixsiyev va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari - polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev ishtirok etdi.

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda uzluksiz patrullik xizmati o‘z ishini boshladi

Toshkent shahar  reabilitatsiya markaziga muayan yashash joyi va pasportiga ega bo‘lmagan shaxslar olib kelinib, ularga tegishli yordam ko‘rsatiladi. Birinchi galda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘liqlarini va hujjatlarini tiklash, yaqinlarini topish va manzillariga yuborish chora-tadbirlari ko‘riladi.

“Shu bilan birga ushbu saxovat ishiga hissa qo‘shishlari uchun muruvvatli kishilar taklif qilib kelinmoqda. Toshkent shahar IIBB bu haqda bir necha bor murojaat bilan chiqdi. E’tirof etish kerak, ushbu taklif internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi, uysizlarga yordam qo‘lini cho‘zish tashabbusi ilgari surildi. O‘z navbatida Bosh boshqarma tomonidan kiyim-kechak va oziq-ovqat taqdim etmoqchi bo‘lganlar uchun murojaat telefonlari va manzillar haqida ma’lumot berildi. Lekin afsuski, internetdagi chaqiriqlarning ko‘pi quruq gapligicha qolib ketdi. Yordam bermoqchiman deb markaz eshigini taqillatib kelganlar barmoq bilan sanoqli xolos”, - deyiladi xabarda.

Bosh boshqarma tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganliklari va ko‘rsatilgan yordam uchun Toshkent shahar hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi. IIBB markazdagi shaxslarga yordam ko‘rsatish mavzusi hamon dolzarbligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0