Xitoy va Germaniya AQShga qarshi birlashmoqda. Savdo urushining yangi bosqichi

© AXEL SCHMIDT / POOL / AFPPredsedatel Kitaya Si Szinpin i kansler Germanii Angela Merkel
Predsedatel Kitaya Si Szinpin i kansler Germanii Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekinda Yevropa ittifoqi bilan birgalikda Trampning iqtisodiy siyosatini qoralovchi bayonoti qabul qilinishiga umidvor. Ushbu hujjat tayyorlash maqsadida Davlat kengashi vaziri Li Ketsan Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Germaniyaga tashrif buyurdi.

Berlinda 23 milliard dollarlik bitim imzolandi. Xitoy yevropalik investorlarga ichki bozorga kirishga yenginliklarni va’da berdi. RIA Novosti materialiga asosan.

Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada futbol o‘yini tufayli Belgiya rahbariyati Trampni kutib olmadi

Yevropa Sharqqa qaramoqda

Xitoy va Germaniyani ikkilasi ham AQShdan mahsulotlarni import qilishdan ko‘ra, ko‘proq u yerga eksport qilishi birlashtirib turibti. Prezident Tramp bir necha marta savdo balansidagi nomutanosiblikni bartaraf etish zarurligi haqida fikr bildirgan. Oxir oqibat Oq Uy himoya to‘siq bojlarini o‘rnatdi. Buning natijasida Xitoyning o‘zi 34 milliard dollarni yo‘qotdi.

So‘nggi o‘n yillikda Pekin faol ravishda Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotiga sarmoya kiritmoqda va u yerdagi mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Endi G‘arbiy Yevropa bilan munosabatlardagi muzliklarni eritish zarur. U yerda Xitoyga ehtiyotkorlik bilan qarashadi. Uni Yevropa ittifoqdagi strategik aktivlarini sotib olish niyatida gumon qilishadi. 

Li Ketsan so‘zlariga ko‘ra, Tramp islohoti ta’sir qilgan davlatlar birlashishga turtki bo‘ldi. O‘zaro do‘stona harakatlar kuzatildi. "Biz Xitoyga kelayotgan import tovarlariga tariflarni kamaytiramiz", — dedi Li Ketsan Sofiyadagi sammit chog‘ida.

"Xitoyga qarshi jarima bojlari Germaniya biznesiga ham ziyon yetkazmoqda", — deb ta’kidladi Angela Merkel.

Pekin do‘st izlamoqda

Vashington iqtisodiy himoya choralariga o‘tgandan so‘ng, Xitoy ko‘mak uchun Yevropa ittifoqiga murojaat qildi. Amerikaliklar iqlim bo‘yicha Parij bitimidan chiqib ketishganda, Xitoyda dunyo bo‘yicha harorat issib ketishiga qarshi ishlar kuchaytirildi. Bu masalaga xitoyliklar va yevropaliklarda yakdil fikr bilan qarashadi. Savdo bo‘yicha qarashlar ham bir-biriga yaqin. Berlinga tashrif chog‘ida Li Xitoy va Yevropa uchun umumiy bo‘lgan fikrni bildirdi — "Erkin savdo ikki tomon va butun dunyo iqtisodiyoti uchun juda muhim". Angela Merkel uning fikriga qo‘shildi: "Biz birga Butunjahon savdo tashkilotining qoidalar tizimini amal qilinishini istaymiz".

Yaqinlashishning uchinchi omili: Yevropa ittifoqiga munosabat. Bundan avval OAVlarda Tramp Fransiya yetakchsisi Emmanuel Makronga davlatni YeIdan chiqarish va uning o‘rniga AQSh bilan yanada manfaatli kelishuvlarni taklif qilganligi ma’lum bo‘ldi. Pekinda Yevropa ittifoqi loyiha sifatida siyosiy qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirishdi. Xitoy YeI "yagona va farovon sherik" bo‘lishiga umid bildirgan. Chunki bu ikki tomonga ham foydali bo‘ladi.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo: AQSh harbiylari Afg‘onistonni yaqin o‘rtada tark etmaydi

Xitoy bilan do‘st bo‘lishga hamma rozi emas

Lekin Yevropa Ittifoqida Xitoyga hamma yordam qo‘lini cho‘zmoqchi emas. Ayrimlar Pekinning ijobiy niyatiga shubha bilan qarayotgan davlatlar ham bor.

"Germaniyada Xitoy katta moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan dalat sifatida iqtisodiy muhim obyektlarni sotib olishni boshlashidan hadiksirashmoqda. YeIda norasmiy qoida amal qiladi: haqiqatdan qimmatbaho aktivlarni faqat yevropaliklarga sotish. Pekin buni his etmoqda va aylanib o‘tishga harakat qilmoqda. Qora kirish joyidan kirmoqda, ya’ni YeInig sharqiy qismida joylashgan muammoli davlatlarga sarmoya kiritmoqda. U yerdagi elita pulga muhtoj va bu qoidaga uncha e’tibor berishmayapti. Biroq Berlinda hammasi boshqacha", — deya o‘z fikrini bildirdi nemis siyosatshunosi Alesandr Rar.

Siyosiy texnologiyalar markazi direktor o‘rinbosari Aleksey Makarkin so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Xitoy iqtisodiy jihatdan bir — birini to‘ldiradi, biroq siyosiy tomondan juda uzoq.

Flag SShA i flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy: AQSh tarixdagi eng yirik savdo urushini boshlab yubordi

"Xitoy katta miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Germaniya esa yuqori sifatli, biroq kam miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ikkala davlat ham erkin savdo rejimi saqlanib qolishiga muhtoj. Shunga qaramasdan siyosiy yaqinlik istiqbollar tushunarsiz", — deb hisoblaydi ekspert. Uning fikriga ko‘ra, Xitoy va Germaniya — Butunjahon savdo tashkiloti tuzilmasi orqali o‘z huquqlarni himoya qilishga haqarat qilishadi.

Biroq Pekin Yevropaning yordamiga umidni so‘ndirishmayapti. 16-17 iyul kunlari siyosiy va iqtisodiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Xitoy-Yevropa sammitini o‘tkazish rejalashtirilgan. Uning yakuni bo‘yicha ishtirokchilar fikrini va kelajakdagi istiqbollarini mujassam etuvchi muhim deklaratsiya qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0