Sport

Oʻzbekistonlik gandbolchilar jahon kubogida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi

© Press slujba NOK UzbekistanaGandbolistы Uzbekistana zavoyevali kubok mira
Gandbolistы Uzbekistana zavoyevali kubok mira - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik gandbolchilar musobaqa davomida oʻtkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchishdi

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonlik gandbolchilar Italiyaning Teramo shahrida oʻtkazilgan Xalqaro gandbol federatsiyasi tavqimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia2 jahon kubogi musobaqasida oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada jahonning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi. Unda Oʻzbekiston sharafini 2000 yillarda tugʻilgan sportchilardan tashkil topgan ROZK (Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi) jamoasi himoya qildi.

Gandbolnaya sbornaya Uzbekistana U-16 vыigrala Kubok mira - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Gandbol boʻyicha Oʻzbekiston U-16 termasi Jahon kubogi sohibi boʻldi

Oʻzbekiston vakillari ilk oʻyinda Frantsiyaning “Lanester” jamoasini 18:8 hisobida magʻlub etishdi. Ikkinchi oʻyinda “Grunvald” ustidan 23:16 hisobida gʻalaba qozonishdi. Uchinchi bahsda esa “Kozanis2 26:8 hisobida taslim etildi. “Mountada”dan 21:14 hisobida ustun kelgan gandbolchilar “Virum Sorgenfri”ga qarshi bahsda 15:13 hisobida gʻolib boʻlishdi.

Gandbolchilarga musobaqa yarim finalida yana “Virum Sorgenfri” klubi raqib boʻldi va oʻzbekistonlik yoshlar bu safar 15:8 hisobida gʻalaba qozonishdi. Hal qiluvchi bahsda ular Shveytsariyaning “Shenois Jeneva” jamoasidan 18:9 hisobida ustun kelishdi.

Shu tariqa oʻzbekistonlik gandbolchilar musobaqa davomida oʻtkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga sazovor boʻlishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala