Toshkentda qariya BMW ostida qolib halok bo‘ldi

© Press-slujba GUVDDTP v Yunusabadskom rayone Tashkenta
DTP v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchi va yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirgan.

TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida BMW haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deb xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Voqea 11-iyul kuni soat taxminan 23.45 larda tumanning Quloqtepa ko‘chasi № 49-uy oldida sodir bo‘ldi.

“Shu tumanda yashovchi 38 yoshli Doniyor N. o‘zining BMW rusumli avtomobilida harakatlanib kelayotganda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 67 yoshli Zaripboy X.ni payqamay qolib, katta tezlikda urib yuborgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatini olgan jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Toshkent shahar IIBB YHXB haydovchi va yo‘lovchilarni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirgan.

Yangiliklar lentasi
0