Jamiyat

Oʻzbekistonlik biznesmen Gʻofur Rahimov qidiruvidagi shaxslar roʻyxatidan oʻchirildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻofur Rahimov tovlamachilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilgandi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan Gʻofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar roʻyxatidan olib tashladi, deb xabar qildi RIA Novosti mamlakat huquq tartibot organlaridagi manbaasiga asosan.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishbilarmon Gʻofur Rahimov qidiruvga berildi

Shu yil iyun oylarida mahalliy OAVlar IIVning rasmiy saytida "qidiruvdagi shaxslar" boʻlimida Rahimov toʻgʻrisida maʼlumot va uning surati joylashtirilganligi haqida xabar berilgandi. IIV rasmiy vakillari bu xabarlarga izoh berishmadi.

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan maʼlumotida 1951 yilning 22 iyulida tavallud topgan Gʻofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov va uning turmush oʻrtogʻi, 1967 yil 24 iyunda tugʻilgan Lola Rahimova qidiruvdagi shaxslar roʻyxatidan topilmadi.

 “Rahimov xalqaro qidiruvdagi shaxslar roʻyxatidan chiqarib tashlandi. Qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi munosib hulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxatga almashtirildi”, - deb taʼkidladi suhbatdosh.

Gʻofur Rahimov tovlamachilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilgandi.

“Ayblanuvchi tergov bilan hamkorlik qilayotganligini hisobga olib, u tomonidan ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilinmayotganligi, aybiga iqror boʻlganligi, yetkazilgan zararni qoplanayotganligi tufayli ehtiyot chorasi boshqasiga almashtirildi”, - deb qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonlik biznesmen va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining vaqtinchalik prezidenti Gʻofur Rahimov AQSH sanktsiyalar roʻyxatidan nomi olib tashlash boʻyicha bayonoti eʼlon qilingandi.

Unda bildirilishicha, Gʻofur Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga AQSH Gʻaznasining xorijiy aktivlarni boshqarish boʻyicha idorasiga (OFAC) "Maxsus belgilangan fuqarolar roʻyxati"dan oʻz nomini oldirib tashlash uchun murojaatnoma yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.

Rahimov bayonotida uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada boʻlmaganini bildirdi.

Gʻofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu oʻtgan yilning noyabrida isteʼfoga chiqqandi.

Rahimov 1998 yildan buyon AIBA ijroqoʻmi aʼzosi hisoblanadi. 2002 yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006 yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010 yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0