Iqtisod

Oʻzbekiston YAIM hajmi boʻyicha reytingda 85-oʻrinda joylashdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishGrafik sostoyaniya finansovogo rыnka
Grafik sostoyaniya finansovogo rыnka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida roʻyxatda yetakchilik qilmoqda – respublika 159 milliard dollarlik YAIM koʻrsatkichi bilan reytingning 55-pogʻonasidan oʻrin oldi.

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulot boʻyicha iqtisodiy reytingda 85-oʻrinda joylashdi, deyiladi Jahon banki hisobotida.

2017 yilda respublikada bu koʻrsatkich 48,7 milliard dollarni tashkil etgan.

Reyting stran - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 152-oʻrinda joylashdi

Qozogʻiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida roʻyxatda yetakchilik qilmoqda – respublika 159 milliard dollarlik YAIM koʻrsatkichi bilan reytingning 55-pogʻonasidan oʻrin oldi.

Turkmaniston 42,3 milliard dollar YAIM bilan 88-, Qirgʻiziston 7,5 milliard dollar bilan 145-, Tojikiston 7,1 milliard dollar bilan 147-oʻrinni oldi.

Reytingga jami 200 mamlakat kiritilgan.

Roʻyxatning birinchi pogʻonasidan 19,4 trillion dollar YAIM bilan AQSH, ikkinchi boʻlib Xitoy, uchinchi – Yaponiya, keyingi oʻrinlarda Germaniya va Buyuk Britaniya joy oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0