Sport

Bir kunda oʻzbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi janglarini oʻtkazadi

© Pixabay / fbhkBoksyorskiye perchatki
Boksyorskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston
ErtagaShahram Gʻiyosov, Fazliddin Gʻoibnazarov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarini oʻtkazadilar

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Ertaga professional ringda faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonlik bokschilar Shahram Gʻiyosov, Fazliddin Gʻoibnazarov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarini oʻtkazadilar, deb xabar berdi “Olamsport”.

Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Shahram Gʻiyosov professional boksdagi uchinchi jangini AQShning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi oʻtkazadi.

Meksikalik bokschi 26 yoshda boʻlib, faoliyatini 2012 yilda boshlagan. Shu kungacha professional boksda 24ta jang oʻtkazib, ularning 19tasida gʻalaba qozongan. Oʻn yettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda magʻlubiyatga uchratgan, shulardan ikkitasi nokaut bilan.

Shahram Gʻiyosov esa professional ringda ikkita jang oʻtkazib, har ikkisida gʻalaba qozongan. Janglarning birida u raqibini muddatidan avval magʻlub etgan.

Yana bir bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov esa "Lakefront Arena"da oʻzining beshinchi jangini oʻtkazadi. Unga amerikalik Kevin Jonson raqiblik qiladi.

Fazliddin professional ringda toʻrtta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Kevin esa beshta jang oʻtkazgan va barchasida raqiblarini magʻlub etgan (4tasi nokaut bilan).

Shuningdek, Rio Olimpiadasi hamda jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ham professional boksdagi oʻzining uchinchi jangini oʻtkazadi.

Ahmadaliyev argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga koʻtariladi.  

Molina professional ringdagi faoliyati davomida 12ta jang oʻtkazgan. Shularning 7tasida raqiblarini magʻlub etgan (2tasida nokaut evaziga). Toʻrtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang natija qayd etilgan.

Murodjon Ahmadaliyev esa professional boksda ikkita jang oʻtkazib, har ikkisida ham raqiblarini nokaut bilan magʻlubiyatga uchratgan.

Barcha janglar Toshkent vaqti bilan 15 iyul kuni tongda oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala