Jamiyat

Shov-shuvga sabab boʻlgan Kattaqoʻrgʻon shahar IIBga yangi boshliq tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Kattaqoʻrgʻon shahar IIB jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili kapitan Sanʼat Umarov oʻgʻirlikda gumon qilingan ayolni IIB binosida tahqirlagani tasvirlangan lavha internetda tarqalib ketgandi

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Podpolkovnik Farhod Eshboyevich Joʻrayev Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili kapitan Sanʼat Umarov oʻgʻirlikda gumon qilingan ayolni IIB binosida tahqirlagani tasvirlangan lavha internetda tarqalgan va katta shov-shuvga sabab boʻlgandi.

Mazkur holat yuzasidan IIV tomonidan berilgan bayonotda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida, doimiy ravishda keskin choralar koʻrib borilishi maʼlum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala