Hodisalar

Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida qator qonunbuzarliklar aniqlandi

© Flickr / Kenny HolstonVrach za rabotoy
Vrach za rabotoy - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻplangan materiallar aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.

TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. Bir guruh fuqarolar murojaatlaridan soʻng Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi boshligʻi Muhammadali Haydarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi, toʻplangan materiallar esa prokuratura idoralariga yuborildi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

"Sogʻliqni saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yoʻllagan murojaatlardan soʻng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi oʻtkazildi", - deyiladi xabarda.

Vazirlikning yuridik boʻlimi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati oʻrganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Tekshiruvda Oʻzbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning notoʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi aniqlandi.

Shuningdek  umuman foydalanishga yaroqsiz boʻlgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza oʻtkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani maʼlum boʻldi.

Vazirlikning bildirishicha, toʻplangan materiallar aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala