Jamiyat

UZCARD kartalariga Rossiya toʻlov servislaridan pul oʻtkazish xizmati ishga tushdi

© uzcard.uzPlastikovыe kartы Uzcard
Plastikovыe kartы Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Pul mablagʻi toʻgʻridan-tugʻri Uzsard kartalariga tushiriladi va chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul oʻtkazish imkoni mavjud.

TOSHKENT, 14 iyul – Sputnik. Uzcard  kartalariga QIWI va CONTACT pul oʻtkazmalari orqali pul oʻtkazish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda UZCARD matbuot xizmati xabar qildi.

“Endilikda siz“QIWI oʻtkazmalari” va “CONTACT pul oʻtkazmalari” xizmatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Ushbu xushxabar Uzsard kartasining barcha egalari hamda Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqlidir”, - deyiladi xabarda.

Bank kartalari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
CLICK kartadan kartaga mablagʻ oʻtkazishni yoʻlga qoʻydi

Maʼlumot berilishicha, pul oʻtkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, yaʼni Oʻzbekiston hududiga pul oʻtkazish imkoniyati yaratildi.

Pul mablagʻi toʻgʻridan-tugʻri Uzsard kartalariga tushiriladi va chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul oʻtkazish imkoni mavjud.

Joʻnatuvchidan 2% lik komissiya toʻlovlari yechib olinadi.

Kompaniya yaqin kunlarda QIWI va CONTACT pul oʻtkazmalari xizmatining qoʻshimcha funktsiyalari ham joriy qilinishini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala