UzAirways Parij va Zagrebdan mingga yaqin ishqibozni JCh finaliga olib keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamoleti aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samoleti aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chempionat boshlanganidan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” bir nechta charter reyslarini amalga oshirdi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi shanba va yakshanba kunlari charter reyslarida  Fransiya va Xorvatiya terma jamoalarining 960 nafar muxlisini Parij va Zagrebdan futbol bo‘yicha jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadigan Moskva shahriga olib keladi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi 14 va 15-iyul kunlari Parij – Moskva - Parij va Zagreb - Moskva – Zagreb yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi", - deyiladi xabarda.

Final mejdunarodnogo konkursa pesni Yevrovidenie 2015 v Vene - Sputnik O‘zbekiston
UzAirways britaniyalik futbol ishqibozlarini JCh chorak finali o‘yiniga olib boradi

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, aviakompaniya ikki terma jamoaning 960 nafar muxlisiga xizmat ko‘rsatadi. Reyslar Boeing 767 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Chempionat boshlanganidan buyon “O‘zbekiston havo yo‘llari” bir nechta charter reyslarini amalga oshirdi. Xususan, aviakompaniya 7-iyul kuni 240 nafar angliyalik ishqibozni Londondan Samarag olib bordi. Bundan tashqari, Meksika, Polsha, Urugvay terma jamoalari muxlislari va futbolchilari uchun charter reyslari amalga oshirildi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati final bahsi 15-iyul kuni Moskvadagi "Lujniki"  stadionida bo‘lib o‘tadi. Finalda Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari kuch sinashadi.

Yangiliklar lentasi
0