Jamiyat

Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan Rahmon va Mirziyoyev uchrashuvini muhokama qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yilning mart oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtgandi.

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. 16 iyul kuni Fargʻona shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi

Ikki mamlakat vazirliklari va idoralari, yetakchi iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari oʻrin olgan delegatsiyalarga boshchilik qilayotgan hukumat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning mart oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi boʻlib oʻtgandi. Muzokaralar davomida Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev turli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida 27 hujjat imzolagandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala