Sport

Shahram Gʻiyosovdan nokaut, Ahmadaliyev va Gʻoibnazarov ham gʻalaba qozondi

Bugun oʻzbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi gʻalabalariga erishishdi

TOSHKENT, 15 iyul – Sputnik. Bugun, 15 iyul kuni tongda oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov oʻzining professional boksdagi uchinchi jangida meksikalik Daniel Echeverriyani magʻlubiyatga uchratdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi

Boksyorskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Bir kunda oʻzbekistonlik uch professional bokschi navbatdagi janglarini oʻtkazadi

Jang 1-raundning oʻzidayoq yakuniga yetdi. Shahramning kuchli zarbasidan Daniel nokautga uchradi va jangni davom ettira olmadi.

Shu tariqa Shahram prof boksdagi oʻzining 3 gʻalabasiga erishdi.

Shuningdek, Fazliddin Gʻoibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga koʻtarildi va 78:74 hisobida gʻalaba qozondi.

Murodjon Ahmadaliyev oʻzining navbatdagi jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Gʻoibnazarovning professional ringdagi gʻalabalari soni 5 taga yetdi, Murodjon Ahmadaliyev uchinchi gʻalabasiga erishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala