Jamiyat

Toshkent shahar IIBB YHXBga yangi boshliq tayinlangani haqidagi xabarni rad etdi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina zakrыvayet portfel
Mujchina zakrыvayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq qator saytlarda Toshkent shahar IIBB YHXBga yangi rahbar tayinlangani xabar qilingandi

TOSHKENT, 15 iyul - Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Bekmurod Abdullayevning shahar IIBB YHXB boshligʻi etib tayinlangani haqidagi xabarni rad etdi.

"14 iyul kuni bir qator saytlar Uznews.uz axborot saytiga tayangan holda, Toshkent shahar IIBB YHXB boshligʻi tayinlagani haqidagi xabarni tarqatdi. Oʻz oʻrnida Toshkent shahar IIBB bunday maʼlumotga ega emasligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Toshkent shahar YHXB boshligʻi Mamenov shu yilning may oyida lavozimidan ozod qilingandi. Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajarish boshliqning birinchi oʻrinbosari Jamshid Joʻrayev zimmasiga oʻtgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala