Toshkentda avtomobillarida chiqib ketib bedarak yo‘qolgan shaxslar qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnaya doroga v Tashkente
Avtomobilnaya doroga v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular haqida biron ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘ralmoqda.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Toshkent shahrida uch nafar shaxs o‘z avtomobillarida noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matubot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Future Road Taxi” MChJ ishchisi IIBga murojaat qilib, unda shu yil 1-iyul kuni mazkur korxona haydovchisi, 1984-yilda tug‘ilgan Dilmurod Vohidov boshqaruvidagi davlat raqami 01 534 TTF bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasida MChJ binosidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 13-iyul kuni fuqarolardan biri IIBga murojaat qilib, 12-iyul kuni o‘g‘li, 1996-yilda tug‘ilgan Sardor Sherboyev boshqaruvidagi davlat raqami 01 A 459 SV bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 13-iyul kuni Aviasozlar dahasida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11-iyul kuni 20 yoshli o‘g‘li Shaxzod Abdullajonov davlat raqami 01 R 280 WA bo‘lgan boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligini ma’lum qilgan.

Yo‘qolganlarni qidirib topish choralari ko‘rilgan.

Yuqorida ismlari qayd etilgan fuqarolar va ularning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalar haqida biron ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0