Dunyoda

NATO sammiti Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferentsiyasi yakunlarini qoʻllab-quvvatladi

© AssarProyekt shtab-kvartirы NATO v Bryussele
Proyekt shtab-kvartirы NATO v Bryussele  - Sputnik Oʻzbekiston
11-12 iyul kunlari Bryussel shahrida Shimoliy Atlantika alyansining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi,

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. NATOga aʼzo mamlakatlar mart oyida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferentsiyasi yakunlarini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Shimoliy Atlantika alyansining navbatdagi sammiti 11-12 iyul kunlari Bryussel shahrida boʻlib oʻtdi, unda tuzilmaga aʼzo 29 ta mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Shtab-kvartira NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
NATO Afgʻonistondagi maqsadlari haqida bayonot qildi

Sammit qatnashchilari NATOning Afgʻonistondagi “Qatʼiy koʻmak” missiyasi boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qildilar. Hujjatda joriy yilning 28 fevral kuni oʻtkazilgan Afgʻonistonda tinchlik va xavfsizlik sohasida hamkorlik yoʻlidagi “Kobul jarayoni” anjumani, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018 yil 26-27 mart kunlari boʻlib oʻtgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferentsiyasining natijalari alohida minnatdorlik bilan qayd etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2018 yil 22 iyun kuni qabul qilingan Markaziy Osiyo boʻyicha rezolyutsiyasida ham Toshkent konferentsiyasining afgʻon mojarosini uzil-kesil hal qilishda muhimligi alohida koʻrsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala