Siyosat

Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Savdo aylanmasi 2018 yilning birinchi yarmida oʻtgan yilga nisbatan 35 foizdan koʻproqga oshdi.

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. 2018 yil 16 iyul kuni Fargʻona shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodaning amaliy uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Jahon banki Rogʻun GESi qurilishini moliyalashtirmaydigan boʻldi

Xabarda aytilishicha, delegatsiyalar tarkibiga vazirliklar va idoralar, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari kiritilgan.

Bosh vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini, avvalo oliy darajada boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Shuningdek, joriy yilning mart oyidagi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi va prezident E.SH.Rahmon bilan muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilayotgan turli darajalardagi aloqalarning yuqori samaradorligi qayd etildi.

Oʻzaro savdodagi oʻsishning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo aylanmasi 2018 yilning birinchi yarmida oʻtgan yilga nisbatan 35 foizdan koʻproqga oshdi.

Taʼkidlanganidek, ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini toʻldiradi va geografik qoʻshnilik va past transport xarajatlari tufayli raqobat ustunligiga ega.

Savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni faollashtirish maqsadida tomonlar Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish va Oʻzbekiston va Tojikiston hududida ikki davlat ishbilarmon doiralari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga kelishib olishdi.

Oʻzbekiston tomoni Tojikiston Respublikasi prezidenti E.SH.Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi arafasida Toshkent shahrida "Tojikistonda ishlab chiqarilgan" milliy sanoat koʻrgazmasining hamda birgalikdagi Oʻzbekiston-Tojikiston biznes-forumining oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladi.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning ahamiyati haqida toʻxtalar ekan, Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish borasidagi qoʻshma harakatlarni kelishib olishdi.

Tomonlar barcha sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishga sodiqligini va ularni bundanda samarali va sermahsul boʻlishligi uchun barcha zarur choralarni koʻrishga tayyor ekanliklarini yana bir bor taʼkidlashdi.

Bosh vazirlar boʻlajak oliy darajadagi Oʻzbekiston-Tojikiston uchrashuvi davlatlararo munosabatlarni yangi pogʻonaga koʻtarishiga hamda ikki davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishiga ishonch bildirdilar.

Fargʻonadagi muzokaralar yakunida uchrashuv Bayonnomasi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0