O‘zbekistonga quruq va juda issiq havo kelishi kutilmoqda

© SputnikFontan v Tashkente
Fontan v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga xorijiy davlat (Eron)dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kelishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

19-23 iyul kunlari respublikaning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

FVV yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni, ko‘p miqdorda ichimlik suvini iste’mol qilishingizni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirish kerakligini tavsiya qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0