Andijonda xushtorini bezovta qilmaslik uchun 25 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol o‘rtalaridagi ishqiy munosabatni videotasmaga yozib olganligini, agarda 25 ming dollar pul bermasa ushbu videotasmani internet tarmog‘iga joylab yuborish bilan qo‘rqitadi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Andijonda ishqiy munosabat tasvirlangan videoyozuvni internetga chiqarmaslik uchun 25 ming dollar so‘ragan ayol ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib auz.uz  xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, shu yil may oyida Z.N. ismli erkak A.O. ismli ayol bilan tanishib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Bundan A.O ustamonlik bilan foydalanmoqchi bo‘ladi va Z.Nga qo‘ng‘iroq qilib, o‘rtalaridagi ishqiy munosabatni videotasmaga yozib olganligini, agarda 25 ming dollar pul bermasa ushbu videotasmani internet tarmog‘iga joylab yuborish bilan qo‘rqitadi.

"Z.N.ning arizasiga asosan viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol Z.N.ni boshqa bezovta qilmaslik evaziga kimoviy ishlov berilgan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi",- deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0