Toshkentda shlagbaum va IIB xodimini urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

© SputnikPost patrulnoy slujbi
Post patrulnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi A.I jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 16-iyul kuni noma’lum shaxs boshqaruvidagi oq rangli Nexia rusumli avtomashinani Chig‘atoy qo‘rg‘oni hududida joylashgan "Minsuvlar" blokpostiga haydab kelib, shu yerda o‘rnatilgan temir to‘siqli shlagbaumni urib yuborib, voqea joyidan yashirindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Hodisa oqibatida postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimi A.I jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida mashinani Toshkent tumani, Ko‘ksaroy qo‘rg‘onida yashovchi B.B. boshqarganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yangiliklar lentasi
0