O‘zbekistonda Wi-Fi tarmog‘idan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash majburiy bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTochki dostupa Wi-Fi-interneta v publichnix mestax
Tochki dostupa Wi-Fi-interneta v publichnix mestax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Foydalanuvchi o‘z shaxsini mobil telefon raqamlari orqali yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar (chipta, mehmonxonadan ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari) orqali tasdiqlashi mumkin.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Yangi tahrirdagi Internet xizmatlarini ko‘rsatishning yangi tartibida ochiq Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha talabga muvofiq, har bir foydalanuvchi ochiq Internet tarmog‘idan foydalanayotganda shaxsini tasdiqlashi zarur, deb xabar berdi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

Xabar qilinishicha, Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, jumladan yangi tahrirdagi Internet xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ro‘yxatga olindi.  

Passajirka metro polzuyetsya planshetnim kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Yangi kiritilgan tartib-qoidaga ko‘ra, foydalanuvchi o‘z shaxsini mobil telefon raqamlari orqali yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar (chipta, mehmonxonadan ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari) orqali tasdiqlashi mumkin. Foydalanuvchi mobil telefoni orqali shaxsini tasdiqlamoqchi bo‘lsa, cheklangan muddatda faoliyat ko‘rsatuvchi (10 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan) hamda foydalanuvchining telefon raqamiga SMS-xabar tarzida yuborilgan bir martalik kirish paroli (OTP – One Time Password) dan foydalaniladi.

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi foydalanuvchining telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan shaxsiy ma’lumotlari hamda xabarlarining maxfiyligini ta’minlashi shart. Mazkur holat bo‘yicha cheklovlar qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda amal qilishi mumkin.

 Wi-Fi xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishi ustidan nazorat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklatiladi.

Yangiliklar lentasi
0