Jamiyat

Aliment toʻlamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v Tashkente
Avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shuningdek, aliment olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tuzish imkoniyati ham koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda aliment toʻlamagan shaxslardan haydovchilik guvohnomalari olib qoʻyilishi mumkin. Podrobno.uz internet nashri xabariga asosan.

Rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda aliment sohasidagi muhim oʻzgarishlar kuchga kirdi

Bolalarni himoya qilish va aliment toʻlovlarini toʻlashni taʼminlash boʻyicha yangi takliflar parlamentning quyi palatasida oʻtkazilgan davra suhbatida muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi aʼzolari "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida" qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilishdi.

Deputatlar aliment toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan shaxslardan haydovchilik guvohnomasini vaqtinchalik olib qoʻyish amaliyoti tatbiq etilgan xorijiy davlatlarining tajribasini oʻrganib chiqishdi.

Shuningdek, aliment olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tuzish imkoniyati ham koʻrib chiqilmoqda. Bu tuzilma voyaga yetmaganlarga alimentlarni toʻlab, keyinchalik qarzdorlardan majburiy undirish choralari koʻradi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda 2,3 ming kishi aliment toʻlovlardan qarzdor boʻlgan shaxslar qidiruvga berilgan.

Yangiliklar lentasi
0