Sigma biznes – markazida yong‘in sodir bo‘ldi

© Uznews.uzV Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie zdaniya biznes–sentra Sigma
V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie zdaniya biznes–sentra Sigma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida 30 metr kvadrat bino sirti qoplamasi va 25 metr kvadrat bino ichki maydoni zarar ko‘rgan, jabrlanganlar yo‘q.

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. Bugung 19-iyul kuni ertalab Toshkentning Mirobod tumanidagi Sigma biznes-markazi binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmodqa Uznews nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tong soat 05:18da, Nukus ko‘chasidagi 71 uyda yong‘in chiqqani haqida  xabar kelib tushgan. Ushbu binoda Sigma biznes-markazi joylashgan. Qisqa vaqt ichida 5ta o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita narvonli avtomobillar yong‘in sodir bo‘lgan manzilga yetib kelib olovni o‘chirishdi. Soat 5:49da olovni butunlay o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Yong‘in oqibatida 30 metr kvadrat bino sirti qoplamasi (alyukobond) yo‘q qilingan va 25 metr kvadrat bino ichki maydoni zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar haqida xabar olinmagan.

Ayni damda ichki ishlar xodimlari yong‘in sabablarini o‘rganishmoqda.

Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBning O‘t O‘chirish boshqarmasi barcha fuqarolar hamda tashkilot rahbarlariga yong‘in xavfsizligi texnikasiga qat’iy amal qilish kerakligini eslatib qo‘ymoqda.

Yangiliklar lentasi
0