Iqtisod

Oʻzbekistonda davlat boji stavkalari oʻzgartirildi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan - daʼvo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda boj undiriladi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda ishsizlarga garovsiz kredit beriladi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan arizalardan quyidagi miqdorlarda boj undiriladi:

- mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan - daʼvo bahosining 4 foizi (oldin – 2 foiz) miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravari (oldin – 50 foiz) koʻp boʻlmagan miqdorda;

- nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan - eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;

- takroriy nikohni bekor qilish haqidagi daʼvo arizalaridan - eng kam ish haqining 4 baravari (oldin – 120 foiz) miqdorida;

- uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatlangan mulkni qaytarib berish toʻgʻrisidagi va mulkka oid boʻlmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa daʼvo arizalaridan - eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;

- alohida koʻriladigan ishlar boʻyicha ariza (shikoyat)lardan - eng kam ish haqining 1 baravari (oldin – 10 foiz) miqdorida.

Iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi daʼvo arizalaridan - daʼvo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda boj undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0