Jamiyat

Oʻzbekistonda yil boshidan 30 ta toʻy kortejlari jarimaga tortildi

© Sputnik / Valeriy MelnikoSvadebnыe avtomobili
Svadebnыe avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Haydovchilar respublika trassalarida harakatlanishga halaqit berganligi uchun javobgarlikka tortildi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda shu yil olti oy ichida 30 ta toʻy kortejlari jarimaga tortildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" internet nashri.

Nochnoy Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "tonirovka" masalasida qaror qabul qilindi

Yoʻl patrul xizmati xodimlari haydovchilarni respublika trassalarida harakatlanishga halaqit berganligi uchun javobgarlikka tortishdi.

Shu yil iyun oyi yakunida Oliy majlis oʻn beshinchi yalpi majlisida Oʻzbekistonda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisidagi taklif muhokama qilindi.

Oʻzbekiston xalqining milliy urf-odatlari, hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishi borasida yagona, qatʼiy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga keldi.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 29 iyunda Toshkentdagi Olmazor tumani faollari bilan oʻtkazgan yigʻilishda dabdabali toʻylar mavzusida ham oʻz fikrlarini gapirdi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, dabdabali toʻylarni hech kim oʻz maoshi evaziga qilmaydi. Bu esa, ogʻir ahvolda kun kechirayotgan aholi gʻazabini keltirishi mumkin.

"Tasavvur qiling, oyligi yoʻq, ishi yoʻq, shifoxonaga borishga, dori olishga puli yoʻq odamga 20 ta mashinada toʻy qilgan odam qanday koʻrinadi? Yoqadimi? Men oʻylayman yoqmaydi. Adolatsiz. Man-man degan odamga bitta savol: shu zoʻr toʻy qilgan odam oyligiga qila oladimi? Eng oddiy fuqaromiz ham sal oʻzini tiklab olsin. Uni, kechirasiz, oddiy tilda aytganda, gʻazabini keltirmaylik", — degan edi Oʻzbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0