Jamiyat

“Oʻzbektelekom” internet kanal tariflarini pasaytirdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kompaniya “Internet oxirgi isteʼmolchi uchun uchun arzonroq boʻladimi?“ degan savolga ham javob bergan.

TOSHKENT, 19 iyul – Sputnik. 2018 yil 10 iyuldan Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlarga Internet-kanal tariflari 1 Mbit/s uchun 244 958 soʻmdan 176 682 soʻmga pasaytirildi, deb xabar berdi “Oʻzbektelekom” matbuot xizmati.

Shuningdek, Transport magistralini ekspluatatsiya qilish markazi orqali ulangan Oʻzbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sigʻim va hududidan qatʼiy nazar, Internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, kompaniya tomonidan yagona tarif belgilandi.

“Avvalroq, tarif 1 Mbit/s uchun ulanish hududi va kanal sigʻimidan kelib chiqqan holdan 410 000 soʻmdan 309 550 soʻmgacha narxlanar edi. 12 iyuldan boshlab hududi va sigʻimidan qatʼiy nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 soʻmni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya “Internet oxirgi isteʼmolchi uchun uchun arzonroq boʻladimi?“ degan savolga ham javob bergan. Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilar uchun Internetning oxirgi narxiga taʼsir qiluvchi qator omillar mavjud boʻlib, har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Yangiliklar lentasi
0