Hodisalar

Fuqaroga qoʻl koʻtargan IIB boshligʻiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokuraturaga jabrlanuvchining otasi murojaat qilib, tuman IIB boshligʻiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi fuqaro S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazgani uchun Yangiobod tumani IIB boshligʻi I.Sulaymonovga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Bosh prokuraturaga jabrlanuvchining otasi murojaat qilib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida tuman IIB boshligʻi “Pastkichaqir bulogʻi” fermer xoʻjaligi dalasiga kelgan vaqtda kombaynlar gʻalla oʻrmasdan turganligini vaj qilib, S.Qurbonboyevning burun qismiga mushti bilan urganligi aniqlangan.

Portfeli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kattaqoʻrgʻondagi holat yuzasidan qator xodimlar ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatildi

Mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB boshligʻi I.Sulaymonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor vakili kapitan Sanʼat Umarov oʻgʻirlikda gumon qilingan ayolni IIB binosida tahqirlagani tasvirlangan lavha internetda tarqalgan va katta shov-shuvga sabab boʻlgani ortidan shahar IIBdagi qator xodimlar ishdan olingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala