Hodisalar

Xalqaro terrorchi tashkilotlar aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Zokir Rahimov Afgʻoniston, 2001 yil oxirlarida Pokistonga va 2005 yildan soʻng Eronga qochib oʻtadi va bu mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga borib qoʻshiladi.   

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv  tadbirlari davomida “Turkiston islom harakati” va keyinchalik “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlari aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Zokir Rahimov Turkiyaning Istanbul shahrida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan koʻrsatuvda maʼlum qilindi.

1973 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan Zokir Rahimov 1994—1999 yillarda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi aʼzosi sifatida jamoat yigʻilishlarida ishtirok etib kelgan.

1999 yilning fevral oyida yuz bergan voqealardan soʻng turli ekstremistik oqimlar vakillari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soʻroq qilina boshlagach, Zokir Rahimov jinoiy javobgarlikka tortilishidan qoʻrqib, oʻsha yili kuz oylarida Toshkent viloyatining Bekobod tumani orqali Tojikistonga chiqib ketgan. U yerda “Turkiston islom harakati” terrorchilik tashkiloti safiga borib qoʻshiladi.  

Soʻngra Zokir Rahimov Afgʻoniston, 2001 yil oxirlarida Pokistonga va 2005 yildan soʻng Eronga qochib oʻtadi va bu mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga borib qoʻshiladi.   

U 2014 yilda Turkiyaga keladi va bu yerda oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Hozirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Zokir Rahimovga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala