Prezident topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 139 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Bosh prokuratura tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hududlarga chiqqan holda qarorlar ijrosini o‘rgandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur tekshirishlar davomida asosiy e’tibor Prezidentning qaror va topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslar tomonidan Prezidentning topshiriqlari talablarini so‘zsiz bajarilishi borasidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirishga qaratildi”, - deyiladi xabarda.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atdi

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 139 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shu bilan birga, 125 ta tadbirkorlik subyektlariga 99,6 mlrd so‘m va 280,4 mln dollar miqdorida kredit mablag‘lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 858 gektar yer maydoni hamda 111 ta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari ajratilishi, 26 mlrd so‘m, 1,9 mln dollar va 2,5 mln yevro miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 mlrd. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

Prezident qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasidagi nazorat faoliyati davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0