Madaniyat

Savitskiy muzeyidan qaygʻuli xabar

© Flickr / Aleksandr ZykovMuzey Igorya Savitskogo v gorode Nukus
Muzey Igorya Savitskogo v gorode Nukus - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻin oʻchirish tizimining oʻz-oʻzidan ishlab ketishi natijasida muzey durdonalaridan biri hisoblangan rasm jiddiy shikastlangan.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Bugun ertalab Qoraqalpogʻistondagi Savitskiy nomli muzeydan qaygʻuli xabar keldi, deb yozadi oʻzining Facebookdagi sahifasida Murat Sarsenov.

Yongʻin oʻchirish tizimining notoʻgʻri ishlab ketishi oqibatida, muzeyning eng mashhur asarlaridan biri – Aleksandr Shevchenkoning “Baba s vyodrami” nomli kartinasi jiddiy shikastlangan.

“Baba s vyodrami” haqida ikki ogʻiz soʻz

Aleksandr Shevchenkoning neoprimitivizm uslubida chizilgan ushbu sanʼat asari Nukus muzeyining eng asosiy va taniqli ekspornatlaridan biri boʻlgan. Aynan shu sababdan ushbu rasm koʻplab koʻrgazmalarga olib borilgan va namoyish etilgan. Markaziy Osiyo madaniy meʼrosi observatoriyasi – xalqaro nodavlat, notijorat tashkilot – Alerte Heritage yozishiga koʻra, rasmning bugungi kundagi oʻrtacha narxi 1,5 million dollar atrofida.

© Karakalpakskiy gosudarstvennыy muzey iskusstv im. I. V. SavitskogoAleksandr Shevchenkoning "Baba s vyodrami" rasmi
Savitskiy muzeyidan qaygʻuli xabar - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandr Shevchenkoning "Baba s vyodrami" rasmi

Muzey nima deydi?

“Internetda koʻplab paydo boʻlayotgan xabarlarga nisbatan shuni maʼlum qilamizki, 15 iyuldan 16 iyulga oʻtar kechasi 2 – ekspozitsiya blokining 3 – etajida oʻt oʻchirish tizimining suv sepadigan moslamalaridan biri (sprinkler) oʻz oʻzidan ishlab ketishi oqibatida A.Shevchenkoning “Baba s vyodrami” kartinasi mayda suv zarrachalaridan zarar koʻrgan. Sanʼat asarining ayrim joylari xolstdan ajralib, shikastlangan. Muzey mutaxassislarining dastlabki xulosasiga koʻra, uni qayta tiklashning iloji bor. Ayni damda muzey maʼmuriyati ushbu saʼat asarini qayta tiklash uchun yuqori malakalari mutaxassislarni jalb qilish uchun muzokaralar olib bormoqda”, - deyilgan muzey rasmiy xabarida.

Qayta tiklash mumkin-mi?

Alerte Heritage mutaxassislari yozishiga koʻra, rasm moyli boʻyoq bilan chizilgani sababli unga sepilgan suv katta zarar yetkaza olmaydi, lekin vaziyatning xavfli jihati shundaki, rasm chizilgan mato (xolst) hoʻl boʻlib tezda qurishi buyoqning undan ajralishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda vaziyat qanchalik jiddiyligini bilishning iloji yoʻq, chunki muzey shikastlagan rasmning fotosuratini eʼlon qilgani yoʻq.

Sankt-Peterburg shahrida “Oʻzbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar oʻrtasida muloqotga yoʻl” ikkinchi xalqaro kongressi. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbek madaniyatining bebaho durdonalarini asrab qolish masalasi muhokama qilindi

Savitskiy nomli Nukus sanʼat muzeyidan olingan ushbu qaygʻuli xabar yagona emas. Bundan bir necha oy oldin muzey omborxonasida saqlanayotgan Nikolay  Karaxanning “Nochnoy namaz” nomli kartinasi ham chirib ketishi oqibatida yaroqsiz ahvolga kelgani haqida xabar tarqalgan edi.

Afsuski, Oʻzbekistonning boshqa muzeylarida vaziyat bundan yaxshi emas. Xususan, toshkentlik rassom Bobur Ismoilov Toshkent Sanʼat muzeyida qimmatbaho meʼros hisoblangan sanʼat durdonalari issiqda qurib yorilib yotgani va muzey xonalarda kerakli namlik va haroratni saqlovchi moslamalar oʻrniga togʻoralarga solingan suvdan foydalanilayotgani haqidagi hikoya bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala