Toshkent aeroportida Seulga patronlar olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMagazin AK s pulyami
Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
5,45 mm va 7,62 mm kalibrli patronlar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida  Seulga parvozi oldidan fuqaro K.T. bojxonadan "yashil" yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka rentgen apparati  orqali nazoratdan o‘tkazilganda, unda 2  dona patronlar yashirilganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 5,45 mm va 7,62 mm kalibrli patronlar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0