Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qoʻyliq metro yoʻlini Navroʻzgacha bitirish haqida topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro
Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik Oʻzbekiston
Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoʻyliq metro yoʻlini Navroʻzgacha bitirish haqida topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

 Shavkat Mirziyoyev posetil Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Dastlab Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi.

"Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bogʻlanib qolishi notoʻgʻri. Yer usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani oʻziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yoʻl haqi tushumiyam vaqtida va joyida boʻladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi taʼkidlandi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro
Shavkat Mirziyoyev Qoʻyliq metro yoʻlini Navroʻzgacha bitirish haqida topshiriq berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro

Prezident yer usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navroʻz bayrami arafasida foydalanishga topshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala