Jamiyat

Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million soʻm jarima belgilandi

2018 yilning birinchi yarmida tabiatga yetkazilgan zarar uchun 4 fuqaroga nisbatan 361 million 500 ming soʻm jarima belgilangan.

TOSHKENT, 20 iyul – Sputnik. Toshkentning Shayxontohur tumanida 2 tup chinoor daraxtini noqonuniy kesgan tashkilot vakillariga nisbatan 46 mln 100 ming soʻm jarima belgilandi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

“Oʻrda kanali yaqinidagi 2 tup chinor daraxtining yerdan 4-5 metr balandlikdagi qismi qoldirilib, kesib tashlangan. Surishtiruv natijasida hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda amalga oshirilgan ushbu harakatga mutasaddi tashkilotlarning masʼullari tomonidan yoʻl qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Ularga nisbatan 46 million 100 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2018 yilning 6oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi Toshkent shahar boʻlinmasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatidan 4 ming 400 tupdan ziyod daraxt kesilishiga oid 607 murojaat boʻlgan. Shu murojaatlarning 404 tasi ruxsatnoma asosida kesilayotgani maʼlum qilingan. 203 murojaat esa noqonuniy holda amalga oshirilayotgani bois kerakli choralar koʻrilgan.

V Parke Abdullы Kadыri stvolы derevyev belyat izvestyu, chtobы zaщitit ix ot nasekomыx i drugix vrediteley, a takje, chtobы soxranit yego ot solnechnыx ojogov. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent shahridagi daraxtlarni kesganlarga javobgarlikka tortish choralari koʻriladi

Ushbu muddat davomida poytaxtimizda ham sohaga oid huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, tegishli choralar koʻrish yuzasidan reydlar oʻtkazildi. Jarayonda noqonuniy ravishda daraxt kesishga yoʻl qoʻyilgan holatlar aniqlanib, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan 95 holatda 17 million soʻmdan ortiq jarima solindi. Ayni vaqtgacha 10 million 100 ming miqdordagi jarima undirilgan.

Bundan tashqari, 86 holatda 930 million soʻmdan ziyod oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar aniqlangan va 37 holat boʻyicha 27 million 600 ming soʻm miqdordagi jarima undirilgan. 

Tabiatga yetkazgan zarari uchun 4 fuqaroga nisbatan 361 million 500 ming soʻm jarima belgilandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida qoʻshma qaror tuzildi. Unda belgilanishicha joriy yilning 1 sentyabridan boshlab 1 tup kesilgan daraxt uchun 10 tup manzarali koʻchat ekish belgilandi. Daraxtlarni kesishda avval bitta tashkilot mutaxassisi oʻrganib, xulosa chiqargan boʻlsa, endilikda bu jarayonga mutasaddi tashkilot xodimi, mahalla va hududdagi TSJ xodimlari ham jalb etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala